z-logo
open-access-imgOpen Access
Maktabgacha ta'lim muassasalarida hamshiralik ishini tashkil etish va takomillashtirishda hamshira bo’lishining afzal tomonlari
Author(s) -
Zuhra G’aniyeva,
Shoxista Mamasolieva
Publication year - 2022
Publication title -
society and innovations
Language(s) - Uzbek
Resource type - Journals
ISSN - 2181-1415
DOI - 10.47689/2181-1415-vol3-iss2-pp400-406
Subject(s) - physics , humanities , art
Bugungu kunda dunyo bo‘ylab tibbiyot fanining rivojlanishi va tibbiy texnologiyalarning takomillashishi, aholiga tibbiy-profilaktika yordami ko‘rsatish shartlari va usullari bilan tibbiyot xodimlarining sog‘liqni saqlash tizimidagi faoliyatining o‘rni va ahamiyati tobora ortib bormoqda. Tibbiy xizmatlar va bo‘limlarning yaxshi muvofiqlashtirilgan ishini tashkillashtish bilim va mahoratga, faoliyat davomidagi professional munosabatga bog‘liqir. Bolalar bilan ishlashda tibbiyot xodimlarining yuqori professionalligi alohida ahamiyatga ega.O‘rta tibbiyot xodimlari faoliyatida ham profilaktika chora tadbirlarni amalga oshirish eng dolzarb muammolarda biri hisoblanadi. Sog‘liqni saqlash tizimida olib borilayotgan islohatlarga bog‘liq holda, tibbiyot xodimlariga katta mas'uliyat yuklangan: ularning vakolatlari chegaralari nafaqat parvarish masalalarida, balki patologik holatlarni tashxislashda ham kengaymoqda. Bu maktabgacha ta'lim muassasalari sharoitida bolalarni profilaktik tekshirish jarayonida eng katta ahamiyatga ega. Bolalarni har tomonlama intellektual,axloqiy,estetik va jismoniy rivojlanishda ta’lim-tarbiya berish orqali bolalarni maktab ta’limiga tayyorlashda maktabgacha ta’lim muassasasining o’rni katta.Bolalarga tibbiy xizmat ko’rsatish davlat maktabgacha ta’lim muassasasining tibbiyot xodimlari va ushbu muassasaga belgilangan  tartibda biriktirilgan hududiy sog’liqni saqlash organlarining tibbiyot xodimlari tomonidan amalga oshiriladi. Maktabgacha ta’lim muassasalarida hamshiralar faoliyatida yuqorida keltirilgan vazifalar yuzasidan kamchiliklar ko’zga tashlanmoqda.

The content you want is available to Zendy users.

Already have an account? Click here to sign in.
Having issues? You can contact us here