
Refleksion o‘qitishga innovatsion yondashish va refleksiv texnologiyalarni ta’lim jarayoniga tatbiq etishning psixologik jihatlari
Author(s) -
Shaxnoza Donayeva
Publication year - 2022
Publication title -
society and innovations
Language(s) - Uzbek
Resource type - Journals
ISSN - 2181-1415
DOI - 10.47689/2181-1415-vol3-iss2-pp367-372
Subject(s) - materials science
Yangi g‘oyalar izlash bosqichi innovatsion pedagogika asoslari kursi bo‘yicha axborot innovatsion sharoit yuzaga keltirish, maktab muammo va talablarini dolzarblashtirish, maqsad, yangilik yaratish g‘oyalarini ifoda etish bo‘yicha dastlabki ishlar, bo‘lajak maktab sharoitini tasavvur etishdan iborat. Maqolada ta’lim jarayonida qo‘llaniladigan refleksiv ta’lim texnologiyalarining mohiyati ko‘rsatib o‘tiladi.Yangilik kiritishni shakllantirish bosqichi yangilik kiritish ishlarini faol ravishda loyihalashtirish, tanlangan yangiliklarni sinab ko‘rish, maktabda yangiliklarni kiritish bo‘yicha qaror qabul qilishdan iborat. Yangiliklarni kiritish bosqichini amalga oshirish maktabda tajriba o‘tkazish uchun sharoitlar yaratish, tajriba jarayonini tahlil qilib borish, yangilik kiritish va mazmunini tuzatib borishdan iborat bo‘ladi.Yangilik kiritishni mustahkamlash bosqichi maktabning yangidan shakllantirilgan obrazini o‘qituvchilar ongida mustahkamlash, o‘qituvchining innovatsion harakatlarini mukammalashtirish bo‘yicha psixokorreksion metodik ishlardan tashkil topadi.Shuningdek, maqolada refleksiv ta’lim va tarbiyaning asosiy tamoyillari, dialogik muloqot shakllari, refleksiv qobiliyat, refleksiya kompetensiyalariga doir ilmiy-nazariy ma’lumotlar qamrab olingan. Ushbu maqolada sinf sharoitlari va usullarida aks ettiruvchi so‘rovni amalga oshirish zaruriyati ko‘rib chiqiladi.