
Taraqqiyot strategiyasi: Yangi O‘zbekistonda yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar
Author(s) -
Baxromjon Ilhomjonov
Publication year - 2022
Publication title -
society and innovations
Language(s) - Uzbek
Resource type - Journals
ISSN - 2181-1415
DOI - 10.47689/2181-1415-vol3-iss2-pp1-10
Subject(s) - chemistry
Maqolada O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi PF–60-sonli Farmoni bilan tasdiqlangan 2022-2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasining asosiy yo‘nalishlari va maqsadlari, kelgusi 5 yilda yoshlar hayotidagi o‘rni va roli, so‘nggi yillarda mamlakatimizda yoshlar siyosati yo‘nalishida amalga oshirilgan huquqiy islohotlar, shuningdek, yoshlar bilan ishlash, ularning qonuniy manfaatlarini himoya qilish va har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, iqtidorli va isteʼdodli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash hamda rag‘batlantirish, yoshlar o‘rtasida tadbirkorlikni rivojlantirish masalalarini yana-da takomillashtirish masalalarini tadqiq etishni maqsad qilgan. Maqolada “Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi”, “Taraqqiyot strategiyasining asosiy yo‘nalishlari va maqsadlari”, “Yoshlar”, “Yoshlarga oid davlat siyosati” tushunchalarining mazmun-mohiyati va O‘zbekiston Respublikasida yoshlar siyosatining o‘ziga xos xususiyatlari tahlil qilingan. Muallif O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi PF–49/47-son Farmonida yoshlarga oid davlat siyosati sohasida amalga oshirilgan ijtimoiy-huquqiy islohotlarning mazmun-mohiyatini ham tadqiq etgan. Tadqiqotdan kelib chiqib, taklif va tavsiyalar ilgari surilgan.