
Xalq pedagogikasi yordamida o‘quvchilarda ijtimoiy faolligini oshirishning pedagogik shartlari
Author(s) -
Kibriyo Abdullayeva,
Mavluda Qodirova
Publication year - 2021
Publication title -
society and innovations
Language(s) - Uzbek
Resource type - Journals
ISSN - 2181-1415
DOI - 10.47689/2181-1415-vol2-iss5/s-pp191-200
Subject(s) - physics
Keyingi paytlarda o’quvchilar faolligini oshirish, shaxsning fikrlash madaniyatini rivojlantirish masalasi falsafa, psixologiya va pedagogika fanlarida asosiy muammo sifatida qaralmoqda. Bir tomondan, o’qituvchilarning kasbiy vazifalari, ijtimoiy hayotiy muammolarini hal etishlarida ularning chuqur kasbiy bilimga egaligi, ijtimoiy moyilligi va ijodiy fikri rivojlanganligini ta’minlash muhimdir. Ikkinchi tomondan, bo’lajak o’quvchining fikrlash jarayoni dunyoqarashi, ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy-huquqiy, shuningdek, madaniyatining rivojlanganligi bilan uzviy bog’liq bo’lib, ular shaxsning ijtimoiy ongi va faoliyatining muhim jihatini tashkil etadi. Mazkur maqolada xalq pedagogikasi vositasida o’quvchilarning faolligini oshirishning pedagogik shart-sharoitlari haqida so’z yuritiladi.