
Bo’lajak boshlang’ich sinf o’qituvchilarni tayyorlashda tabaqalashtirilgan ta’lim texnologiyasidan foydalanish imkoniyatlarini oshirish texnologiyasi
Author(s) -
Sayyora Norboeva,
Zoxida Rasulova,
Shuhrat Mamarahimov
Publication year - 2021
Publication title -
society and innovations
Language(s) - Uzbek
Resource type - Journals
ISSN - 2181-1415
DOI - 10.47689/2181-1415-vol2-iss2/s-pp254-259
Subject(s) - chemistry , physics
Bugungi kunda maktab yangi, zamonaviy ta'lim sifatiga erishishga, hayotiy vazifalar va muammolarni hal qilishga qaratilgan o'quv jarayonining muvaffaqiyati ko'plab omillarga bog'liq bo'lib, ular orasida bolaning qobiliyati va imkoniyatlariga qarab o'qitish, ya'ni tabaqalashtirilgan ta'lim eng kam rol o'ynamaydi. O'quvchilarning aqliy faoliyat texnikasini o'zlashtirish samaradorligi nafaqat sifatiga, balki bolalarning individual psixologik xususiyatlariga, ularning o'rganish qobiliyatiga ham bog'liqdir. O'qituvchi har bir sinfdagi o'quvchilarimning individual xususiyatlarini juda yaxshi bilishi zarur. Shuning uchun muammolarni hal qilish qobiliyatining shakllanish darajasiga qarab sinfni guruhlarga ajratish kerak