z-logo
open-access-imgOpen Access
Toshkentning XIX asrdagi jome masjidlari
Author(s) -
Maftuna Xasanova
Publication year - 2021
Publication title -
society and innovations
Language(s) - Uzbek
Resource type - Journals
ISSN - 2181-1415
DOI - 10.47689/2181-1415-vol2-iss10/s-pp521-528
Subject(s) - humanities , physics , art
O‘zbekiston deb atalmish ushbu zamin uzoq tarixga ega tamaddun beshiklaridan biri sifatida dunyo ahliga ma'lum. Bugungi kunda O‘zbekistonlik va xorijlik qadimshunos olimlar tomonidan olib borilayotgan arxeologik izlanishlar mazkur hududdagi ilk shahar madaniyati, davlatchilik an'analari, ijtimoiy-iqtisodiy hayotning ko‘plab sohalaridagi rivojlanishning bir necha ming yillik tarixga ega ekanligini ko‘rsatmoqda. O’zbekistonning azim poytaxti bo’lmish Toshkent shahri o‘tmishda o‘zining madrasa va jome'lari, baland minoralari, ko‘rkam binolari bilan ham mintaqadagi boshqa shaharlardan qolishmagan.Ushbu maqola Toshkent shahrida qurilgan turli mahalla va jome masjidlar tarixi, masjidlar binosining me’moriy turlari, tuzilishi va konstruktiv yechimlariga bag‘ishlangan. Maqolada, Qadimiy masjidlarning asosiy qismlari, qurilish uslubi o‘rganilgan. Ularning shakllanishining evolyutsiyasi va me'moriy xususiyatlari tasvirlangan. Shuningdek, masjidlarni bunyod qilgan shaxslar, vaqf mulklari, masjid xizmatchilari haqida ham ma'lumotlar berilgan.

The content you want is available to Zendy users.

Already have an account? Click here to sign in.
Having issues? You can contact us here