z-logo
open-access-imgOpen Access
XRONOTOP SHAKLLARI OLAM TASVIRINI QAYTA YARATISH VOSITASI SIFATIDA
Author(s) -
Bahor Turaeva
Publication year - 2022
Publication title -
foreign languages in uzbekistan
Language(s) - Uzbek
Resource type - Journals
ISSN - 2181-8215
DOI - 10.36078/1649688242
Subject(s) - art
Maqolada adabiyotshunoslikning dolzarb muammolaridan biri xronotop shakllarining badiiy-estetik xususiyatlari tahlil qilingan. Jahon adabiyotshunosligida xronotop kategoriyasining adabiy-estetik mohiyati va nazariy tamoyillari, tur va janrlar evolyutsiyasi, modifikatsiyasi, badiiy asar arxitektonikasiga taʼsiri, badiiy matn semiotikasi, bir adabiy matn yoki bir qator matnlar doirasidagi zamon-makon shakllarining oʼzaro toʼqnashuvi, parallelligiga doir ustuvor yoʼnalishlarda tadqiqotlar olib borilmoqda. Mustaqillik yillarida oʼzbek adabiyotshunosligida azaldan mavjud ilmiy anʼanalar bilan bir qatorda dunyo adabiyotshunosligidagi yangicha uslub va yondashuvlarni ijodiy oʼzlashtirish va tadqiqotlarda qoʼllash tendentsiyasi shakllandi. Binobarin, badiiy adabiyotda dunyoni obrazli badiiy qayta gavdalantirishning Gʼarbda taraqqiy topgan tamoyillarini sharqona adabiy anʼanalar bilan uygʼunlashtirish kuzatilmoqda. Xronotop olam va odam munosabatlarini tasvirlashda, qahramon qalbidagi kechinma, iztirob, uning o‘zigagina tegishli ruhiyat manzaralarining eng chuqur o‘zanlarini to‘liq his qilishda, yozuvchining badiiy-g‘oyaviy maqsadini ifodalashda hamda asarning mazmun va shaklini ochishda xizmat qiladi. U ijodkor uslubining o‘ziga xos jihatlarini belgilab, milliy fikrlash tarzini aks ettiradi. Xronotop janr va syujetni tashkil etib, asarning ichki izchilligini mustahkamlaydi. Zamon va makon kategoriyasi umumlashtiruvchi vazifa bajaradi.

The content you want is available to Zendy users.

Already have an account? Click here to sign in.
Having issues? You can contact us here
Accelerating Research

Address

John Eccles House
Robert Robinson Avenue,
Oxford Science Park, Oxford
OX4 4GP, United Kingdom