z-logo
open-access-imgOpen Access
ZAMONAVIY TELEVIDENIENING INTERAKTIV KONTENT MASALASI
Author(s) -
Yulduz ARTIKOVA
Publication year - 2022
Publication title -
foreign languages in uzbekistan
Language(s) - Uzbek
Resource type - Journals
ISSN - 2181-8215
DOI - 10.36078/1649679716
Subject(s) - chemistry
Mazkur maqolada zamonaviy interaktiv telejurnalistikaning o‘ziga xosligi masalasi ko‘rib chiqildi. Bu borada yetakchi olimlarning qarashlari asosida kuzatuvlar keltirildi. Bugungi kunda interaktiv jarayonlar bevosita efirdan so‘ng ham davom etib, ijtimoiy ahamiyat kasb etar ekan, interaktivlikka asoslangan dasturlar jahon tajribasida turli yo‘nalishlarda rivojlanmoqda. Izlanishda Rossiya, AQSh, Turkiya, Koreya jurnalistlari tomonidan tayyorlangan mashhur interaktiv tok-shoular mediadiskurs kesimida tahlil qilinadi. Shu bilan birga zamonaviy interaktiv kontentning keng miqyosda rivojlanishini belgilovchi omillaridan biri sifatida jonli efirda loyiha tayyorlashning kamharjligi hamda auditoriyani o‘ziga jalb qilish omillari maqolada batafsil yoritildi. Mavzuning dolzarbligi sifatida axborot zamonida auditoriya ijtimoiy tarmoqlardagi muloqotga ko‘p vaqtni sarflab, muloqot ijtimoiy hayotning ajralmas qismiga aylangangani bois, televidenie asosan kommunikasiyaga asoslangan dasturlari bilan tomoshabinlarni o‘ziga jalb qilayotganligini ta'kidlash kerak. Shuningdek, izlanishda interaktiv teledasturlardagi ishtiroki orqali auditoriya vakillari axborot tayyorlash, tarqatishda faol individga aylanganayotganligiga alohida to‘xtalib o‘tildi. Tadqiqotning asosiy mavzusi zamonaviy telejurnalistikadagi interaktiv kontent masalasi ilmiy nazariy qarashlar va amaliy misollar yordamida ochib berildi. Jahon tajribasi misolida interaktiv telekontent bo‘yicha ilmiy xulosalar qilindi.

The content you want is available to Zendy users.

Already have an account? Click here to sign in.
Having issues? You can contact us here
Accelerating Research

Address

John Eccles House
Robert Robinson Avenue,
Oxford Science Park, Oxford
OX4 4GP, United Kingdom